Reper Tupak Shakurning o‘ldirilishi bo‘yicha aybdor deb topilgan Dueyn Devisga nisbatan jazo 13 oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sud hukmi e’lon qilinguniga qadar Devis hibsda saqlanadi. U garov evaziga ozodlikka chiqish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Dueyn «Keffe Di» Devis Tupak Shakurning 1996 yilda Las-Vegasda otib o‘ldirilishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha birinchi darajali qotillikda aybdor deb topildi.
Devisga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.