Bugun 1 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Oltin to‘p»ning 30 nafar nomzodi 8 sentyabrda ma’lum bo‘ladi

«Oltin to‘p»ning 30 nafar nomzodi 8 sentyabrda ma’lum bo‘ladi

2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» sovriniga da’vogar futbolchilar ro‘yxati 8 sentyabr kuni e’lon qilinadi. Bu haqda France Football tomonidan tashkil etiladigan nufuzli mukofot tashkilotchilari ma’lum qildi.

Dunyoning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Bu «Oltin to‘p» tarixidagi 70-marosim bo‘ladi.

Amaldagi «Oltin to‘p» sohibi «PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele hisoblanadi. U 2025 yilda ushbu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan.

Sovrinni eng ko‘p marta qo‘lga kiritish bo‘yicha rekord argentinalik Lionel Messiga tegishli. U faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan.

«Oltin to‘p» mukofoti 1956 yildan buyon topshirib kelinadi. Uning tarixdagi birinchi sohibi angliyalik hujumchi Stenli Mettyuz bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 12:19. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!