Bugun 1 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bugundan Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani chiqish bilanoq to‘lash shart

Bugundan Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani chiqish bilanoq to‘lash shart

1 sentyabrdan Toshkentdagi brutto-shartnoma asosida ishlaydigan avtobuslarda yo‘lovchilar yo‘lkirani avtobusga chiqishi bilanoq to‘lashi kerak.

💳 To‘lov transport yoki bank kartasi, smartfon, NFC, QR va boshqa elektron usullar orqali validatorda amalga oshiriladi.

Yo‘lkira to‘lanmasa yoki to‘lov tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz yurgan hisoblanadi.

Nazoratchilar endi yo‘lkira chekini avtobus salonida ham tekshirishi mumkin.

Chiptasiz yurganlik uchun amaldagi jarima — 44 ming so‘m. Uni 220 ming so‘mga oshirish taklif qilingan.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!