AQSh Qurolli kuchlari 31 avgustga o‘tar kechasi Eronning Iordaniyadagi Amerika ob’ektlariga qaratilgan bir hujumini qaytarish uchun Patriot zenit-raketa majmuasiga mo‘ljallangan 80 dan ortiq raketani ishlatgan.
Bu haqda Military Watch Magazine jurnali AQSh hukumatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, sarflangan raketalar AQSh ixtiyoridagi ushbu turdagi umumiy raketa zaxirasining 10 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Materialda ta’kidlanishicha, Patriot tizimi uchun mo‘ljallangan bitta raketa narxi ushbu hujumda Eron tomonidan qo‘llangan ballistik raketalar qiymatidan to‘rt-besh barobar qimmat.
"Ushbu operasiya AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimi oldidagi tobora kuchayib borayotgan muammoni ko‘rsatib berdi. Chunki hujum qiluvchi tomon mudofaadagilarni taqchil va qimmatbaho tutuvchi raketalardan foydalanishga majbur qilib, mutanosib bo‘lmagan darajada katta zarar yetkazishi mumkin", — deyiladi nashr materialida.