Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

La Liga. «Barselona»dan gollar yomg‘iri (video)

La Liga. «Barselona»dan gollar yomg‘iri (video)

Ispaniya chempionati La Ligasining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Barselona» o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni qabul qilib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 12-daqiqada ochildi. Mehmonlar hujumchisi Serxio Kamelyo «Rayo Valyekano»ni oldinga olib chiqdi — 0:1.

Biroq «Barselona» tez orada vaziyatni o‘zgartirdi. 19-daqiqada Rafinya hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Lamin Yamal kataloniyaliklarni oldinga olib chiqdi — 2:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida Florian Lejen o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi va hisob 3:1 ko‘rinishiga keldi. 59-daqiqada Kamelyo dubl qayd etib, mehmonlarning umidini qayta tiriltirdi — 3:2.

Shundan keyin «Barselona» yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 71-daqiqada Rafinya o‘zining ikkinchi golini urdi, 90-daqiqada esa Lamin Yamal ham dubl rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:2.

Kiritildi: 09:51 01.09.2026. O'qildi: 1857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik