Bugun Turkiyaning Antalya shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi start oladi. 15 martga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham qatnashishadi.
Mamlakat gimnastika federasiyasining ma’lum qilishicha, ushbu bosqichda quyidagi 4 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi: Abdulaziz Mirvaliyev, Humoyun Ismoilov, Rasuljon Abdurahimov, Oksana Chusovitina.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.