O‘zbekistonlik 50 yoshli gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «Challange Cup» turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada 1-o‘rinni Chusovitinadan 32 yosh kichik bo‘lgan bolgariyalik Valentina Georgiyevaga egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Chusovitina 1992 yilda ilk bor Olimpiada chempioni bo‘lgan. U Parij-2024dan tashqari barcha yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
Oksana Los-Anjeles mezbonlik qiladigan 2028 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlariga ham borishni maqsad qilgan. Agarda u yo‘llanmaga ega bo‘lsa, 53 yoshida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.