Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

OFK mutaxassislari O‘zbekiston futbol akademiyalarini baholamoqda

OFK mutaxassislari O‘zbekiston futbol akademiyalarini baholamoqda

O‘zbekistonda futbol akademiyalari faoliyatini baholash va yoshlar futboli tizimini takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda mamlakatimizga tashrif buyurgan Osiyo futbol konfederasiyasi mutaxassislari Toshkent, Buxoro va Samarqanddagi futbol infratuzilmasi hamda akademiyalar sharoiti bilan tanishmoqda.

Tashrif doirasida OFK vakillari O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida futbol akademiyalarini yanada rivojlantirish, yosh futbolchilarni tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish va bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, OFK mutaxassislari tomonidan mahalliy akademiyalarni baholash va ularning faoliyati bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:39 24.09.2026. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!