Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Nvidia rahbari mojarosi: uch biznesmen milliarderlik maqomidan ayrildi

Nvidia rahbari mojarosi: uch biznesmen milliarderlik maqomidan ayrildi

Nvidia kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Jensen Huangning ishqiy munosabatlari atrofidagi mojaro ortidan kompaniyaga aloqador yetti nafar milliarder jami boyligining qariyb uchdan bir qismini yo‘qotdi. Ularning uch nafari esa milliarderlik maqomidan ayrildi.

Forbes nashrining yozishicha, kompaniya aksiyalari 8 noyabrdan buyon 11 foizga, oktyabrdagi eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan esa 31 foizga arzonlashgan.

Jensen Huangning boyligi ham 145 mlrd dollargacha kamaygan va u dunyoning eng boy 10 kishisi ro‘yxatidan chiqib ketgan.

Kompaniyaning amaldagi va sobiq olti nafar rahbari hamda direktorlar kengashi a’zolarining umumiy kapitali esa 5,6 mlrd dollarga kamayib, taxminan 21 mlrd dollarni tashkil etgan.

Nvidia moliya direktori Kolett Kress, kompaniyaning global operasiyalar bo‘yicha sobiq ijrochi vise-prezidenti Jey Puri, shuningdek, venchur investor va direktorlar kengashi a’zosi Bruk Syuell milliarderlik maqomidan ayrilgan.

Nvidia rahbari Jensen Xuang AQSh maxsus xizmatlari Xitoy razvedkasi agenti deb hisoblayotgan ayol bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lganlikda gumon qilingan va 12 noyabr kuni iste’foga chiqqandi.

Kiritildi: 23:05 15.11.2026. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik