O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi post joyladi.
U ushbu suratni joylab, "Tez orada jang bo‘yicha yangiliklar bo‘ladi", deb yozdi.
Nursulton avvalroq, yozda jang qilish niyatida ekanini bildirgandi. Hamyurtimiz so‘nggi bor 22 fevral kuni amerikalik Erik Makkonikoga qarshi bahs olib borib, muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi.