Darhaqiqat, qachonki oilalar tinch va farovon bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va faravonlik bo‘ladi. Shuning uchun ham oila, uning mustahkamligi jamiyatimizda alohida e’tibor qaratiladigan qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi.
Jumladan, Byuroning Nurota tuman bo‘limi ish yurituvidagi qarzdor F.R. aliment undirish haqidagi ijro xujjati bo‘yicha davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, o‘zining yashash manzilini doimiy ravishda o‘zgartirib, aliment majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlab kelgan.
Davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan 04.10.2024 yilda qidiruv e’lon qilinib, olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qarzdor Buxoro viloyati Kogon tumani hududida yashirinib yurganligi aniqlanib, ushlab kelingan.
Natijada qarzdor F.R va undiruvchi M.A. o‘rtasidagi qarzdorlik bartaraf etilib, oila yarashtirildi. Eng muhimi, ushbu oilaning farzandlari endilikda ota-onasi bag‘rida ulg‘ayadigan bo‘ldi.