Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina dronlari Moskvagacha yetib bordi – Putinga havodagi urushni to‘xtatish haqida ogohlantirish berildi

Ukraina dronlari Moskvagacha yetib bordi – Putinga havodagi urushni to‘xtatish haqida ogohlantirish berildi

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Rossiyadagi muhim neft ob’ektlariga dron hujumlari uyushtirilganini ma’lum qildi.

"Ukraina dronlari tomonidan Moskva neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish quvvatlariga zarba berildi. Ushbu korxona yiliga 11 million tonna neftni qayta ishlashga qodir bo‘lib, Moskva shahrining dizel va benzinga bo‘lgan ehtiyojlarining 40-50 foizini ta’minlaydi", deya qayd etdi Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi.

Shuningdek, Orlov viloyatidagi “Stalnoy kon” dispetcherlik stansiyasi hududida ham portlashlar sodir bo‘lgan. Bu stansiya “Drujba” neft quvuri orqali neft yetkazib berish jarayonida muhim ahamiyatga ega va Ust-Luga portiga neft uzatishda katta rol o‘ynaydi.

"Moskvaga va Moskva viloyatiga qilingan dronlar hujumi Putin uchun havoda o‘t ochishni to‘xtatish zarurati haqidagi signaldir. Agar kerak bo‘lsa, dronlarimiz doimiy ravishda Moskvaga uchishi mumkin", — deya hujumga izoh berdi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (SNBO) huzuridagi Dezinformasiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko.

Kiritildi: 22:24 11.03.2025. O'qildi: 2392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!