Suriya prezidentlik ma’muriyati dushanba kuni RKK/YPG terror tashkilotining Suriyadagi bo‘limi bo‘lgan SDF Suriyaning yangi davlat muassasalariga integrasiyalashuv shartnomasini imzolaganini ma’lum qildi.
Kelishuv Suriya Prezidenti Ahmed ash-Shara bilan RKK/YPG terror tashkilotining Suriya bo‘limi rahbari Ferhat Abdi Shahin o‘rtasida imzolandi. Shartnoma Suriya hududining birligini tasdiqlaydi.
Matni prezident ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan kelishuvga ko‘ra, Suriya shimoli-sharqidagi barcha fuqarolik va harbiy muassasalar davlat tuzilmalariga birlashtiriladi va shu tariqa chegaralar, ayeroportlar, neft va gaz konlari ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Bu bilan SDF hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Bashar al-Assad rejimi qoldiqlari hamda Suriya xavfsizligi va birligiga tahdid soladigan har qanday tahdidlarga qarshi kurashda hukumatni qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ladi.
🇺🇸 AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan SDF hozirda Suriya hududining uchdan bir qismini, jumladan, mamlakatdagi neft va gaz konlarining ko‘p qismini nazorat qiladi .
PKK terroristlari Turkiyada transchegaraviy hujumlar uyushtirish uchun tez-tez Shimoliy Iroqda yashirinib yuradi va ularning RKK/YPG bo‘linmasi Turkiya chegarasi bo‘ylab Suriyada terror koridorini o‘rnatishga harakat qilgan. Turkiyaga qarshi 40 yillik terror kampaniyasi davomida Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terror tashkiloti deb topilgan PKK 40 000 dan ortiq odam, jumladan, ayollar, bolalar, go‘daklar va qariyalarning o‘limiga javobgar bo‘ldi.