Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan sulh tuzilsa, hokimiyatni qo‘ldan boy berishidan qo‘rqadi.
Bunday fikr Germaniyaning Focus jurnalida Sharqiy Yevropa bo‘yicha ekspert Aleksandr Libmanga tayanib e’lon qilindi.
"Urush Ukraina uchun misli ko‘rilmagan darajada hokimiyatning Zelenskiy qo‘lida to‘planishiga olib keladi. Gap OAVni nazorat qilish haqida ham ketmoqda. Urushning tugashi hokimiyat konsentrasiyasining ham tugashini anglatadi," - deyiladi maqolada.