Toshkent shahrida 2002 yilda tug‘ilgan yigit “Malika” savdo majmuasidagi telefon do‘konlarining 11 nafar sotuvchisini 5,8 milliard so‘mga firibgarlik yo‘li bilan chuv tushirdi. U 300 dan ortiq iPhone va Samsung telefonlarini muddatli to‘lov asosida olib, boshqa mijozlarga sotib yuborgan va tushgan pulni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bo‘yicha aybli deb topib, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Shuningdek, jabrlanganlarga yetkazilgan 5,8 milliard so‘m miqdoridagi zararni undirish haqida qaror chiqarildi.