Norvegiya Rossiyaning ommaviy qurollanishi fonida Fransiyaning "yadroviy soyaboni"ga qo‘shiladi – Reuters.
Norvegiyaning Fransiya yadroviy tiyib turish tashabbusida ishtirok etish rejalari haqida mamlakat bosh vaziri Yonas Gar Styore ma’lum qildi.
"Biz buni Yevropadagi xavfsizlik siyosati sohasidagi vaziyatdan kelib chiqib, Rossiyaning, jumladan, yadroviy sohadagi keng ko‘lamli qayta qurollanishi va uning boshqa bir Yevropa davlatiga qarshi olib borayotgan to‘liq hajmli urushi fonida amalga oshirmoqdamiz", — deydi siyosatchi.
U tinchlik davrida Norvegiya hududida yadroviy qurol joylashtirilmasligini qo‘shimcha qildi.
27 may kuni Styore Parijga yetib keldi. U yerda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasida mudofaa sohasidagi bitimni imzolashni rejalashtirmoqda — ushbu kelishuv doirasida Oslo Fransiyaning "yadroviy soyaboni"ga qo‘shiladi.
Avvalroq Fransiyaning yadroviy tashabbusiga Polsha va Litva qo‘shilgan edi. Ushbu ikki davlat, xuddi Norvegiya kabi, Rossiya bilan chegaradosh hisoblanadi.