Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri g‘olibi bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri g‘olibi bo‘ldi

O‘zbek shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov nufuzli Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘ldi.

Hamyurtimiz 13 imkoniyatdan 9 ochko jamg‘ardi va turnirda yakka hokimlik bilan chempion bo‘ldi. Shuningdek, ushbu turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng onlayn reytingda dunyoning TOP-5 kuchli shaxmatchisi safiga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov oldingi yillarda ham chempionlikka yaqin kelgandi – 2023 yilda 2-o‘rin, 2024 yilda 3-o‘rin, 2025 yilda 3-o‘rin. U to‘rtinchi urinishda o‘z maqsadiga erishdi.

Kiritildi: 21:40 01.02.2026. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!