Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov: “Ko‘p xatolar psixologiyadan kelib chiqadi”

Nodirbek Abdusattorov: “Ko‘p xatolar psixologiyadan kelib chiqadi”

Nodirbek Abdusattorov yuqori darajadagi shaxmatda psixologik barqarorlik qanchalik muhim ekanini ta’kidladi.

“Partiyadan keyingi salbiy fikrlarni ortda qoldirish kerak. O‘yin davomida esa butun diqqat doska va pozisiyada bo‘lishi kerak. Bunday fikrlar chalg‘itadi va energiyani ham olib qo‘yadi.”

Uning aytishicha, ko‘plab xatolar sof shaxmat sababli emas, balki hissiyotlar va psixologik bosim tufayli yuz beradi.

“Men shuni tushundimki, ko‘p ochkolar aynan shunday holatlarda yo‘qotiladi. Vaqt o‘tishi bilan yuqori bosimli vaziyatlarda o‘zimni yaxshiroq nazorat qila boshladim.”

Abdusattorov elit shaxmatda natijani ko‘pincha juda kichik detallar hal qilishini ham aytdi:

“Eng yuqori darajada juda kichik jihatlar ham o‘yin natijasini belgilashi mumkin. Agar shu mayda tomonlarni yaxshilasangiz, umumiy o‘yiningiz ham ancha kuchayadi.”

Kiritildi: 14:50 08.10.2026. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!