"Oltin to‘p" favoriti o‘zgardi - bu endi Keyn emas. Mutaxassislar 2026 yilda "Oltin to‘p" g‘olibi uchun koeffisiyentlarini yangiladilar. Ilgari Xarri Keyn favorit bo‘lgan bo‘lsa, endi Lamin Yamal peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.
Hozirgi koeffisiyentlarga ko‘ra, Yamalning "Oltin to‘p"ni yutish ehtimoli taxminan 41% ga baholanmoqda. Keynning imkoniyatlari taxminan 37% ga baholanmoqda.
Boshqa o‘yinchilarning imkoniyatlari ancha past. Kilian Mbappe uchinchi o‘rinda, mutaxassislar uning imkoniyatlarini 4,9% ga baholamoqda. Lionel Messi to‘rtinchi o‘rinda (3,68%).
"Oltin to‘p" 26 oktyabr kuni Londonda topshiriladi.
O‘tgan yili Usmon Dembele "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi, Lamin Yamal esa ikkinchi o‘rinni egallagan edi.