Nikol Pashinyan Armaniston hududi orqali tranzit gaz quvuri qurilishini e’lon qildi – Interfaks.
"Bugungi kunda bizda sharqdan g‘arbga temir yo‘l bor, biz uchun Axalkalaki — Kars (Gruziya — Turkiya) temir yo‘li ochildi, Ozarboyjon hududi orqali temir yo‘l ochiq, tez orada TRIPP ("Tramp yo‘nalishi") ochiladi, mamlakatimiz hududidan gaz quvuri o‘tadi va biz ushbu tranzit evaziga gaz olamiz", — deydi Pashinyan.
U boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi, biroq Armaniston muqobil energetikani ham rivojlantirishini ta’kidladi. Bundan tashqari, siyosatchi mamlakatda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash haqidagi qonun qabul qilinganini ma’lum qildi:
"Armaniston bir vaqning o‘zida YEOII (Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi) a’zosi bo‘lib qolishi va Yevropa standartlariga erishish uchun islohotlarni davom ettirishi mumkin ekan, biz bu yo‘ldan boramiz. Tanlov vaqti kelganda, biz tanlov qilamiz... Bizda muqobil bo‘lishi kerak, toki hech kim Armaniston haqida: "U kimga kerak, qayerga ham borardi?" deya olmasin", — deya ta’kidladi Pashinyan.
Avvalroq Rossiya 2013 yildagi Armanistonga tabiiy gaz, neft mahsulotlari va ishlov berilmagan olmoslarni bojsiz yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish bilan tahdid qilgan edi.
Bunga javoban Pashinyan "Armanistonni yuqori narxlar bilan qo‘rqitish mantiqsiz, chunki mamlakatda bu qimmat tuyulmasligi uchun ancha ko‘proq pul bo‘ladi", deb aytgan.