Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Nika Pharm tarixiy shaxslar aks etgan dori reklamasi uchun jarimaga tortildi

Nika Pharm tarixiy shaxslar aks etgan dori reklamasi uchun jarimaga tortildi

Tarixiy shaxslar obrazlaridan foydalanib, dori reklamasida axloq va ma’naviyat normalarini buzgan Nika Pharm MCHJga moliyaviy jarima qo‘llanildi, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, Nika Pharm kompaniyasi o‘zining Rinoksil Formula+ dori vositasi reklamasida Amir Temur, Jorj Vashington, Ibn Sino, Yuliy Sezar, Alisher Navoiy va Napoleon Bonapart kabilarning obrazlaridan foydalanib, «ushbu dori vositasini ular tomonidan ishlatilganda» deya, turli holatlarda namoyish etgan.

«Ushbu dori vositasini bunday ko‘rinishda reklama qilinishi taniqli tarixiy shaxslarga, shu jumladan, buyuk ajdodlarimizga nisbatan hurmatsizlik, axloq va ma’naviyatimizga zid bo‘lgan tarzda ularning obrazlaridan foydalanilgan», — deyiladi qo‘mita bayonotida.

«Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasiga muvofiq, reklamada milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek, axloq va ma’naviyatning umumqabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqlanadi.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Nika Pharm MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atib, yakunda belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning sentyabr oyida ham Raqobat qo‘mitasi tomonidan Nika PharmMCHJ jarimaga tortilgandi.

Kiritildi: Bugun 16:11. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!