Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Nigeriya rasmiylari xristianlarga qarshi taqiblar ayblovlarini rad qildi

Nigeriya rasmiylari xristianlarga qarshi taqiblar ayblovlarini rad qildi

Nigeriya hukumati hech qachon diniy taqib siyosati yuritmaganini bildirdi, deb xabar berdi mamlakat axborot vaziri Muhammad Idris 26-fevral kuni.

"Nigeriyada hech qachon diniy taqibga oid davlat siyosati bo‘lmagan", dedi Idris. Uning ta’kidlashicha, mamlakatdagi zo‘ravonliklar hukumat siyosati yoki diniy qarashlardan kelib chiqmaydi, balki terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va jamoalar orasidagi keskinliklar bilan bog‘liq.

Axborot vaziri Nigeriya konstitusiyasi barcha fuqarolarga din erkinligini kafolatlashini va ayrim hududlardagi xavfsizlik muammolari hukumat siyosati emas, terrorchi guruhlar va banditlar harakatlari natijasi ekanini qayd etdi.

Idris, shuningdek, Nigeriya AQSh bilan strategik hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganini va muloqotga ochiq ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:18 26.02.2026. O'qildi: 161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!