Netanyaxu G‘azoni bosib olishga qarshi chiqqan mulozimini ishdan oldi.
Isroilning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Saxi Xanegbi Binyamin Netanyaxu uni lavozimidan ozod qilganini ma’lum qilgan. Netanyaxuning ofisi esa bu vazifani vaqtincha bajaruvchi etib kengash raisining o‘rinbosari Gil Reyx tayinlanishini aytgan.
Xanegbining iste’fosiga uning so‘nggi paytlarda Netanyaxu bilan G‘azo urushi borasidagi qarama-qarshiliklari kuchaygani sabab bo‘lgan. U G‘azoni to‘liq bosib olishga qarshi chiqqan va HAMAS bilan qisman kelishuvga erishish tarafdori bo‘lgan.