Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ko‘ra, Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin Isroil armiyasi tomonidan nazoratga olingan Suriya janubidagi hududlardan chiqish rejalashtirilmagan.
Bosh vazir bu bayonotni Isroil elchilari, diplomatik missiyalar rahbarlari va Tashqi ishlar vazirligi yuqori rahbariyati ishtirokida o‘tgan yillik anjumanda bildirdi. U bufer zonasi ustidan nazoratni saqlab qolish niyatini yana bir bor tasdiqladi. Bu hudud Jebel-esh-Shayx (Hermon) tog‘i atrofi hamda Isroil 1967 yildan beri okkupasiya qilib kelayotgan Golan tepaliklari yaqinida joylashgan.
«Biz bu strategik nuqtalarni saqlab qolamiz va himoya qilamiz», — deya ta’kidladi Netanyaxu.