Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Netanyaxu yetakchilikni saqlab qolmoqda

Netanyaxu yetakchilikni saqlab qolmoqda

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu rahbarligidagi «Likud» partiyasi 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida byulletenlarning 97,3 foizi sanab chiqilganidan so‘ng ham yetakchilikni saqlab turibdi.

The Times of Israel nashri xabar berishicha, bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, «Likud» 120 o‘rinli parlamentda 27 ta mandatga ega bo‘lmoqda. Netanyahuning muxolifatdagi asosiy raqibi Gadi Ayzenkot rahbarlik qilayotgan «Yashar» partiyasi esa 21 o‘rin bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Shuningdek, «Likud» hamda Netanyahuni qo‘llab-quvvatlovchi o‘ta o‘ngchi va ortodoksal partiyalar bloki ham yetakchilikni saqlab qolmoqda. Ushbu partiyalar amaldagi hukmron koalisiyani tashkil etadi.

Hozircha mazkur blok parlamentdagi 120 o‘rindan 53 tasini nazorat qilmoqda. Muxolifat esa 48 ta o‘ringa ega bo‘lmoqda. Arab partiyalari 19 ta mandatni qo‘lga kiritmoqda. Prognozlarga ko‘ra, na muxolifat, na «Likud» ular bilan koalisiya tuzishga tayyor.

Hukumatni shakllantirish uchun Knessetda (parlament) kamida 61 ta o‘ringa ega koalisiya tuzish talab etiladi. Hozircha birorta siyosiy kuch bunday natijaga erisha olmagan.

Saylovning yakuniy natijalari 4 noyabrdan kechiktirmay e’lon qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!