Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Netanyaxu: Erdog‘anga F-35 va ularning dvigatellari berilmasligi kerak

Netanyaxu: Erdog‘anga F-35 va ularning dvigatellari berilmasligi kerak

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Trampni Turkiyaning F-35 qiruvchi samolyotlari va ularning dvigatellariga kirishini cheklashga chaqirdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va AQSh rasmiylari Turkiya rahbariyatining Isroilga qarshi keskin bayonotlaridan xavotir bildirgan.

Netanyaxu Fox News telekanaliga bergan intervyusida Turkiya o‘zining ishlab chiqilayotgan KAAN qiruvchi samolyoti uchun F-35 samolyotlari yoki ularning dvigatellarini olishga «loyiq emas»ligini aytdi.

«Turkiya ajoyib mamlakat, ammo uni Isroilni yo‘q qilishga ochiqchasiga chaqirgan inson — Erdog‘an boshqaradi», — dedi Netanyaxu.

Uning fikricha, Turkiyaga bunday imkoniyatlarni taqdim etish Isroilning harbiy ustunligini zaiflashtirishi va mintaqadagi kuchlar muvozanatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Suhbat davomida Netanyaxu Turkiya Kiprning yarmini nazorat qilishini ham tilga oldi. Biroq u Kiprni NATO a’zosi sifatida qayd etdi, holbuki Kipr NATO tarkibiga kirmaydi.

Kiritildi: 18:02 15.07.2026. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!