Ben-Gvir Netanyaxuni uni hukumatdan chetlatish niyatida ekanida aybladi.
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Bosh vazir Binyamin Netanyaxuni AQSh ko‘magida muxolifat yetakchisi, Bosh shtabning sobiq boshlig‘i Gadi Ayzenkot bilan koalisiya tuzish va uni yangi Vazirlar Mahkamasi tarkibidan chiqarib tashlash bo‘yicha kelishib olganlikda aybladi.
Ben-Gvir X (sobiq Twitter) tarmog‘ida Israel Hayom nashrining xabariga tayanib, ushbu kelishuv doirasida siyosiy bitimlar tuzilishi va Netanyaxuga prezident tomonidan avf berilishi nazarda tutilganini ta’kidladi.
Vazir o‘z tarafdorlarini saylovda faol ishtirok etishga chaqirib, ushbu harakatlar orqali hukumatdagi ta’sirni saqlab qolish hamda muxolifatga o‘tib qolishning oldini olish zarurligini bildirdi.
Netanyaxuning «Likud» partiyasi Ben-Gvirning bayonotlarini saylovoldi manevri deb ataldi va u o‘ng qanot saylovchilarining o‘n minglab ovozlarini barbod qilishda ayblandi.