Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Netanyahu Kanada hududiga kirsa, so‘zsiz qamoqqa olinadi – Kanada bosh vaziri

Netanyahu Kanada hududiga kirsa, so‘zsiz qamoqqa olinadi – Kanada bosh vaziri

Kanada Bosh vaziri Mark Karni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuni Kanadaga tashrif buyurgan taqdirda Xalqaro jinoyat sudi (XJS) orderi asosida hibsga olishga va’da berdi.

Karnining bu bildiruvi Kanadada keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Kanadalik nashrlardan biri, Toronto Sun gazetasi, u «o‘zining shaxsiy qarashlarini Kanada milliy manfaatlaridan oldin qo‘ymoqda» deb ayblagan.

Gazetaning ta’kidlashicha, Kanada Qo‘shma Shtatlar bilan qiyin kechayotgan munosabatlarni tiklashi kerak bo‘lgan bir paytda, Karni «siyosiy sabablarga ko‘ra tinglovlarni o‘tkazgan shubhali sudning shubhali qarorlari asosida» prezident Trampning asosiy ittifoqchisini hibsga olishni taklif qilmoqda.

XJS 2024 yil noyabr oyida Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantga G‘azodagi harbiy jinoyatlari uchun ayblov e’lon qilib, hibsga olish haqida order bergan edi. O‘z vaqtida Kanada bu qarorni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Karni ham «Kanada xalqaro qonunlarga sadoqatli» ekanini deb ta’kidlagan.

Isroil tomoni esa XJSning dastlabki qarorini tan olmay kelmoqda.

Kiritildi: 14:09 21.10.2025. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!