Shuningdek, 2 498 kishi bedarak yo‘qolgan, ulardan 589 nafari xorijiy davlat fuqarolari hisoblanadi, deyiladi Nepal hukumati bayonotida.
Xabar berilishicha, Bxote-Koshi va Trishuli daryolaridagi suv toshqinlari oqibatida kelib chiqqan ofat sababli vayron bo‘lgan tumanlarda keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Nepal hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, jami 19 895 nafar xavfsizlik xodimi (8 399 nafar armiya, 7 213 nafar polisiya va 4 203 nafar Qurolli kuchlar xodimi) safarbar etilgan bo‘lib, hozirgacha 8 186 kishi qutqarib qolingan
Qurbonlar sonining ko‘pligi va jasadlarning yuzlab kilometrga oqib ketgani ularning shaxsini aniqlashda jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Shaxsi noma’lum jasadlar saqlash va identifikasiya qilish uchun turli tumanlardagi 21 ta shifoxonaga jo‘natilgan.
26 avgust kuni Xitoy va Nepal chegarasidagi hududdagi ko‘chkilar hamda zilzila oqibatida yirik suv toshqini yuzaga kelgandi. Toshqin Bxote-Koshi daryosida boshlangan. Xitoyning Tibet hududi tomonidan kelgan kuchli oqim dastlab Timure va Syabru-Besi aholi punktlariga, keyin Nuvakot hamda Dxading tumanlariga yetib borgan. Suv uylar, avtomobillar, yo‘llar va ko‘priklarni oqizib ketgan.