Nepalda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 1399 kishiga yetdi.
Bu haqda Nepal hukumati rasmiylari xabar berishmoqda.
Oldingi qurbonlar soni 1396 kishini tashkil etgan edi. Kun davomida sakkizta zarar ko‘rgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yana uchta jasad topildi.
Tabiiy ofat 26 avgust kuni ertalab Nepal shimolida sodir bo‘ldi. Suv toshqini qor ko‘chkisi tufayli yuzaga keldi. Kuchli tosh oqimi daryo o‘zani bo‘ylab 70 km dan ortiq masofani yuqori tezlikda bosib o‘tib, katta hududni suv bosdi. Xitoyda 43 kishi halok bo‘ldi, 519 kishi esa bedarak yo‘qolgan.