Nepalda sel toshqini qurbonlari soni 974 kishiga yetdi.
Xitoy Markaziy Televideniyesi (CCTV) bu haqda Nepal polisiyasining so‘nggi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
31 avgust kuni soat 20:00 holatiga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 974 kishiga yetdi.
Tabiiy ofat Nepalning shimoliy qismida 26 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, toshqin Xitoy bilan chegarada, Rasuvagadi chegara punktidan taxminan 20 km shimoli-sharqda sodir bo‘lgan qor ko‘chkisi tufayli yuzaga kelgan. Suv, loy va toshlarning kuchli oqimi daryo o‘zani bo‘ylab yuqori tezlikda 70 km dan ortiq masofani bosib o‘tib, yaqin atrofdagi aholi punktlarini vayron qildi va katta maydonni suv bosdi.