Nepalning Rolpa tumanidagi Jaljala shahrida JIPning jarlikdan qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishiga yetdi.
Bu haqda The Kathmandu Post nashri mahalliy polisiyaga tayanib xabar bermoqda.
Sharqiy Rukumdan kelgan ziyoratchilarni olib ketayotgan transport vositasi Thabang qishloq hokimiyatining 1-bo‘limidagi tog‘ tizmasidagi jarlikdan qulab tushgan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar to‘lin oy kuni marosimlarni bajarish uchun Jaljalaga ketayotgan edilar.
Rolpa tuman polisiya boshqarmasi vakili inspektor Sunil Thapa Nepali qutqaruv ishlari davom etayotganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, avariya yomg‘ir tufayli yo‘llarning sirpanchiqligi tufayli bo‘lgan bo‘lishi mumkin.