Germaniya federal hukumati faoliyatidan norozi bo‘lganlar 71 foizga yetdi. Bu haqida INSA agentligi tomonidan Build nashi uchun o‘tkazilgan so‘rovda ma’lum bo‘ldi.
So‘rovnomaga ko‘ra, yanvar oyida Germaniyada hukumat faoliyatidan norozilik darajasi hukumat saylanganidan buyon (2025 yil may) eng yuqori daraja - 71 foizga yetgan. Nemislarning atigi 22 foizi hukumatdan qoniqish bildirgan va 7 foizi esa aniq baho bera olmagan.
So‘rovnoma shuningdek, respondentlarning 67 foizi Federal kansler Fridrix Mersning faoliyatidan norozi ekanligini ko‘rsatdi. Respondentlarning yana 24 foizi uning faoliyatini ijobiy baholadi, 9 foizi esa baho bermadi.
So‘rovnoma 8-9 yanvar kunlari 1005 nemis orasida o‘tkazildi. Yosh chegarasi ko‘rsatilmagan.