Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Neftchi" va "Paxtakor" bugun Elit OCHLdagi navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazadi

"Neftchi" va "Paxtakor" bugun Elit OCHLdagi navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazadi

Bugun, 26 oktyabr kuni OFK Elit Chempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumida 3-tur uchrashuvlariga start beriladi. Dastlabki o‘yin kunida G‘arb mintaqasida beshta bahs o‘tkaziladi.

O‘zbekistonning ikki vakili — "Neftchi" va "Paxtakor" ham bugun maydonga tushadi.

Farg‘onaning "Neftchi" klubi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da boshlanadi.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi esa Iroqda "Al-Quva Al-Javiya" klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 26 oktyabrdan 27 oktyabrga o‘tar kechasi soat 23:15 da start oladi.

Shuningdek, kun davomida "Al-Ayn" – "Traktor", "Al-Ahli" – "Al-G‘arafa" hamda "Al-Qodisiya" – "Al-Sadd" uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Elit OCHL. 3-tur

26 oktyabr, dushanba

18:45. "Neftchi" – "Al-Ittihod"

21:00. "Al-Ayn" – "Traktor"

21:00. "Al-Ahli" – "Al-G‘arafa"

23:15. "Al-Quva Al-Javiya" – "Paxtakor"

23:15. "Al-Qodisiya" – "As-Sadd"

Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, dastlab 26 oktyabrga belgilangan "An-Nassr" – "Al-Vasl" uchrashuvi OFK qarori bilan noma’lum muddatga qoldirilgan. Bahsning yangi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Kiritildi: Bugun 12:04. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!