Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

«Navoiyazot»dagi portlashda 1 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi

«Navoiyazot»dagi portlashda 1 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi

Navoiy shahridagi «Navoiyazot»ning 25-sexi laboratoriyasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 1 kishi vafot etdi. Bu haqda FVV xabar qildi.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in soat 14:20 da qurshab olinib, 14:50 da batamom o‘chirildi.

Portlash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan.

Kiritildi: 16:30 11.03.2025. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!