Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Evroittifoq Putinga Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi

Evroittifoq Putinga Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi

"Evropa Ittifoqi va AQSh shu paytgacha Kiyevga yiliga 40 milliard yevroga yaqin harbiy yordam ko‘rsatgan. Biroq bu mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukraina ishlab chiqaruvchilaridan arzonroq qurol-yarog‘ sotib olishga yo‘naltirish orqali samaraliroq foydalanish mumkin", — dedi mudofaa masalalari bo‘yicha yevrokomissar Andryus Kubilyus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu aslida Ukraina xuddi shu 40 milliard yevroga oladigan qurol hajmini ikki baravar oshiradi.

"Bunday usul orqali bizni qo‘llab-quvvatlashimizning haqiqiy qiymati 80 milliard yevrogacha yetadi", – deb yozdi Kubilyus X ijtimoiy tarmog‘ida.

Shu bilan birga, yevrokomissar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Ukrainaga yordam berish uchun yangi vosita borligini eslatdi. Qayd etilishicha, ular Kiyev uchun harbiy xaridlarni moliyalashtirish maqsadida mudofaa kreditlaridan foydalanishlari mumkin.

"Mana shunda “Kuch orqali tinchlik” formulasi amalda chinakamiga ishlashi mumkin. Kreditlar – bu Ukraina uchun kuch! Agar Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinni urushni to‘xtatishga ko‘ndirmasa, bu amalga oshadi" – deya ta’kidladi Kubilyus.

Kiritildi: 22:18 05.05.2025. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!