Anqarada bo‘lib o‘tgan NATOning 36-sammiti yakunida qabul qilingan deklarasiyaga ko‘ra, alyansga a’zo davlatlar 2026 yil davomida Ukrainaga kamida 70 milliard dollarlik harbiy texnika va tayyorgarlik yordamini taqdim etishga va’da berdi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, 2027 yilda ham Ukrainaga ajratiladigan harbiy yordam hajmi shu darajadan kam bo‘lmasligi kutilmoqda.
Deklarasiyada, shuningdek, NATO davlatlari Alyans Nizomining 5-moddasiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Unda «bitta a’zoga qilingan hujum barchaga qilingan hujum hisoblanadi», deya qayd etilgan.
Shu bilan birga, NATO mamlakatlari sun’iy intellekt texnologiyalarini mudofaa tizimlariga joriy etish, qo‘shma harbiy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va Yevropa hamda Kanadaning mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Deklarasiyada, shuningdek, Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerakligi ta’kidlanib, Tehron Hurmuz bo‘g‘ozida xalqaro kemalar harakati erkinligini hurmat qilishga chaqirildi.
NATO ishtirokchi davlatlari sammitga mezbonlik qilgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.