Qonun (O‘RQ–1151-son, 11.06.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
📜 Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish,
➖ 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
🗒 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash,
➖ 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
💰 Shuningdek, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish,
➖ 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
▶️ Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda egallash,
▫️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️ 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.