Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

JCH-2026 start oldi: Meksika ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, JAR esa maydonda 9 kishi bo‘lib qoldi (video)

JCH-2026 start oldi: Meksika ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, JAR esa maydonda 9 kishi bo‘lib qoldi (video)

Meksika terma jamoasi futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining ilk uchrashuvida JAR (Janubiy Afrika Respublikasi) ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

JCH-2026ning dastlabki goli muallifi 9-daqiqada Xulian Kinyones bo‘ldi. 49-daqiqada Sfefelo Sitxoul maydondan chetlatilgach, janubiy afrikaliklar bir kishi kam bo‘lib qolishdi.

67-daqiqada Raul Ximenes meksikaliklarning ustunligini mustahkamladi — bu uning faoliyatidagi jahon chempionatlarida urgan birinchi golidir.

84-daqiqada JAR maydonda to‘qqiz kishi bo‘lib qoldi — Temba Zvane qizil kartochka oldi. Uchrashuv yakunida Meksika terma jamoasi sardori Sesar Montes ham maydondan chetlatildi.

Meksika 3 ochko bilan «A» guruhida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Xavyer Agirre shogirdlari navbatdagi o‘yinni 19 iyun kuni Koreyaga qarshi o‘tkazadi. JAR esa 18 iyun kuni ikkinchi tur doirasida Chexiya bilan kuch sinashadi.

JCH-2026. «A» guruhi. 1-tur
12.06.2026 | 00:00 «Estadio Azteca», Mexiko
MEKSIKA — JAR — 2:0
Gollar:
Xulian Kinyones 9 (1:0), Santyago Ximenes 67 (2:0).
Meksika: Ranxel, Galyardo, Vaskes, Montes, Reyes, Lira (Alvares, 76), Kinyones (Vega, 79), Fidalgo (Mora, 66), Gutyerres (Chaves, 66), Alvarado, Ximenes (Gonsales, 76).
JAR: Uilyams, Modiba (Appollis, 77), Mbokazi, Okon, Sibisi, Mudau, Adams (Zvane, 61), Sitole, Mokoena, Foster (Mbata, 56), Rayners (Makgopa, 77).
Ogohlantirishlar: Gutyerres (23) — Mokoena (17), Sibisi (74).
Chetlatishlar: Sitole (49), Zvane (84).
Hakamlar guruhi: Vilton Sampayyu, Brunu Pires, Danilu Boskilya (barchasi — Braziliya).

Kiritildi: Bugun 06:41. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!