Kamida 15 yillik mehnat stajiga ega davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar taklif qilinmoqda.
Unga ko‘ra, tibbiyot va farmasevtika xodimlari farzandlarining respublika OTMlarida bakalavriat bosqichida o‘qishi uchun yillik kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab berilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 15 yil va undan ortiq stajga ega xodimlarga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishda dastlabki badalning bir qismini qoplash mexanizmi joriy etilishi mumkin.