“Rosselxoznadzor” bayonotiga ko‘ra, tizimli ravishda karantin ostidagi ob’ektlar aniqlanmoqda va Armaniston tomoni ogohlantirilganiga qaramay, bu holat davom etmoqda. Bundan tashqari, idoraning ta’kidlashicha, iyun oyida Armanistondan keltirilgan yong‘oq, quritilgan shaftoli va quritilgan pomidorlarda zararlanishning uchta holati aniqlangan.
“Rosselxoznadzor” saytidagi ro‘yxatda gullar, sabzavotlar, mevalar, rezavorlar, g‘alla ekinlari, tamaki, yog‘och va boshqa ko‘plab mahsulotlar keltirilgan.
Armaniston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibida qolishni davom ettirayotganiga qaramay, Rossiya ushbu mamlakatdan gullar, sabzavotlar, mevalarning ayrim turlari, “Jermuk” mineral suvi va yana bir qator boshqa mahsulotlarni olib kirishga taqiq joriy etdi. Bundan tashqari, agar Yerevan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish kursida davom etadigan bo‘lsa, Moskva gaz, neft mahsulotlari va olmos yetkazib berish bo‘yicha bitimni to‘xtatib qo‘yish yoki denonsasiya qilish (bekor qilish) bilan tahdid qildi.