Andijon shahrining Qo‘shariq dahasi hududida milliy qadriyatlar va zamonaviy qulayliklar mujassam bo‘lgan yangi gastronomik ko‘cha faoliyat boshladi.
Sutkaning istalgan vaqtida xizmat ko‘rsatadigan mazkur ko‘cha 24/7 rejimida ishlab, aholi va mehmonlarga yuqori darajadagi servisni taqdim etadi. Bu yerda mazali milliy taomlar, turli hildagi shirinliklar, xushmanzara dam olish maskanlari, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari bir joyga jamlangan.
Zamonaviy infratuzilma, yorug‘ va shinam muhit, oilaviy hordiq uchun yaratilgan sharoitlar gastronomik ko‘chani shaharning yana bir jozibador manziliga aylantirishi kutilmoqda.
Ushbu loyiha aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va Andijonning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.