Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyevning ma’lum qilishicha, 2018 yil 1 maydan keyin o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar uchun kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaydi.
Ta’kidlanishicha, noqonuniy qurilishlarni qonuniylashtirish bo‘yicha avval bir necha bor imkoniyat berilgan. Endilikda bu amaliyotni davom ettirish yerlarning tartibsiz o‘zlashtirilishiga olib kelishi mumkin.
Shu sababli, 2018 yil 1 maydan keyin qurilgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar qonuniylashtirilmaydi.