Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Namanganda erkak MIB xodimiga tan jarohati yetkazdi

Namanganda erkak MIB xodimiga tan jarohati yetkazdi

Majburiy ijro byurosi Yangi Namangan tuman bo‘limi davlat ijrochilari xizmat vazifasini bajarish vaqtida qarshilikka duch kelishdi.

Aniqlanishicha, bo‘limning ikki nafar davlat ijrochisi sud qaroriga asosan undiruvchi ta’minotchi korxona foydasiga 10,8 million so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida qarzdor fuqaroning xonadoniga borishgan.

Biroq, qarzdorning o‘g‘li qarzni to‘lamasligini bildirib, davlat ijrochilarini haqorat qilgan. Shuningdek, u davlat ijrochilaridan birining qo‘lidagi uyali telefonni tortib olib, devorga urib sindirgan. Ikkinchi davlat ijrochisining esa bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib, ko‘krak qismiga urgan va unga yengil tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan tegishli modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni paytda dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qonun talablariga rioya etish, davlat ijrochilarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik har bir fuqaroning burchidir. Qonuniy talablarga bo‘ysunmaslik, mansabdor shaxslarni haqorat qilish yoki ularga nisbatan kuch ishlatish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 12:44 22.10.2026. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!