“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor choralarda Namangan viloyoti IIB xodimlari yer savdosi bilan bog‘liq navbatdagi firibgarlik holatini aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Chust tumanida yashovchi U.T. Norin tumanida tug‘ilgan T.F.ga Chust tumanidagi 1 gektar bog‘dorchilik yeriga egalik huquqini 7 000 dollarga sotishni va tanishlari orqali uning toifasini chorvachilikka o‘zgartirib berishni va’da qilgan. Buning uchun yana 1 500 dollar, jami 8 500 dollar talab qilingan.
Firibgarlikda gumonlanuvchi shaxs Chust tumani hududida arizachidan 5 000 dollarni olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan to‘plangan materiallar Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborildi.