Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tarixdagi eng katta dengiz xazinasi haqida bilasizmi?

Tarixdagi eng katta dengiz xazinasi haqida bilasizmi?

Karib dengizi tubidan afsonaviy ispan kemasi San-Xosening xazinalarini olib chiqishni boshlashdi.

Ushbu xazinalarning qiymati 18-20 milliard dollar atrofida baholanmoqda — u tarixdagi eng katta dengiz xazinasi bo‘ladi.

Kema 1708 yilda inglizlar bilan jangdan so‘ng Kolumbiya qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan. Uning bortida Janubiy Amerikadan Yevropaga olib ketilayotgan 200 tonnaga yaqin oltin, kumush va qimmatbaho buyumlar bo‘lgan.

Boyliklarga Ispaniya, amerikalik tadqiqotchilar va hatto qimmatbaho metallar qazib olingan hududlardagi qabilalar ham da’vo qilishdi. Biroq, Kolumbiya o‘z suvlarida cho‘kkan barcha narsalar unga tegishli ekanligini ma’lum qildi va bu topilmalarni muzeyga topshirishga va’da berdi.

Kiritildi: 20:25 02.12.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!