Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudining 2025 yil 28 noyabrdagi hukmi bilan A. X. (1986 yilda tug‘ilgan, Furqat tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan) va J. R. (1991 yilda tug‘ilgan, Furqat tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi 2-qismi “b” bandi, 142-moddasi, 206-moddasi 1-qismi, 230-2-moddasi 1-qismi va 234-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
A. X. va J. R.ning har biriga 3 yil muddatga Ichki ishlar vazirligi tizimida hamda davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarida o‘tattirilishi belgilandi.
Jabrlanuvchilar G. Q. va Q. A.ga kelgusida ma’naviy zarar va boshqa zararlar yuzasidan tegishli hujjatlarni ilova qilgani holda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi.