Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tojikiston o‘zining Afg‘oniston bilan chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi

 Tojikiston o‘zining Afg‘oniston bilan chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi

Tojikiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) bilan afg‘on chegarasida qo‘shma patrullik qilish uchun rossiyalik harbiylarni jalb etish imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb yozdi Reuters o‘z manbalariga tayanib.

O‘tgan hafta davomida Afg‘oniston tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida Xitoyning Tojikistonda ishlayotgan besh fuqarosi halok bo‘ldi, shunchasi yaralandi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 1 dekabr kuni respublika kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi, unda Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegaradagi vaziyat va uning qo‘riqlanishini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Respublika Xavfsizlik kengashidagi manbaning Reuters agentligiga aytishicha, KXSHT kuchlarini jalb qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmagan va ko‘rib chiqilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni bilan tojik-afg‘on chegarasini birgalikda patrul qilish uchun Rossiyaning Tojikistonda joylashgan 201-harbiy bazasini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

«Biz hozircha (KXSHT bilan) muzokaralar olib bormoqdamiz va ular ko‘rib chiqish bosqichida», dedi manba va qaror shu hafta ichida qabul qilinishini istisno etmadi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi Reuters manbalari Rossiya bilan 201-harbiy bazani chegarani birgalikda qo‘riqlashga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi. Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, gap 201-bazaning aviasiya guruhini jalb qilgan holda vertolyot patrul xizmati haqida ketmoqda.

Rossiyaning Tojikistondagi bazasi 2000-yillarning boshiga qadar tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlash bilan shug‘ullangan, uning uzunligi 1 344 km bo‘lib, tog‘li hududlardan o‘tadi. 2000-yillarning boshidan beri Tojikiston chegarani mustaqil ravishda qo‘riqlaydi.

Hozir KXSHT a’zolari soni oltita - Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston va Armaniston.

Kiritildi: 22:46 02.12.2025. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!