Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaga tegishli tanker Turkiya qirg‘oqlari yaqinida hujumga uchradi

Rossiyaga tegishli tanker Turkiya qirg‘oqlari yaqinida hujumga uchradi

Bu so‘nggi bir necha kun ichida sodir bo‘lgan uchinchi shunday hodisa, deb yozmoqda The Insider nashri.

Gruziga yo‘l olayotgan Rossiyaning MIDVOLGA 2 tankeri Qora dengizning Turkiya sohillari yaqinidagi hududida hujumga uchradi, deb xabar berdi Turkiya Dengiz ishlari bosh boshqarmasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kemada Rossiyadan Gruziyaga kungaboqar yog‘i tashilayotgan bo‘lgan. MIDVOLGA 2 qirg‘oqdan 80 mil (taxminan 120 km) masofada hujumga uchragan. Bortda 13 nafar ekipaj a’zosi bor. Kema yordam so‘ramagan, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

O‘tgan hafta oxirida Rossiyaning “soya flotiga” aloqador ikki tanker Turkiya qirg‘oqlari yaqinida yuz bergan portlash oqibatida shikastlangandi. Tankerlar Rossiyaning Novorossiysk portiga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Keyinchalik ommaviy axborot vositalari maxsus xizmatlardagi manbalarga tayanib, bu portlashlar Ukraina Xavfsizlik xizmatining (SBU) amaliyoti natijasida sodir bo‘lganini xabar bergandi.

Kiritildi: 21:32 02.12.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!