Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rishtonlik pedagog ishga tiklanib, 261 mln so‘m ish haqi undirildi

Rishtonlik pedagog ishga tiklanib, 261 mln so‘m ish haqi undirildi

Ijro harakatlari davrida, qarzdor muassasaning 3 ta “Damas” va 1 ta “Nexia 3” rusumli avtomashinalari xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi va onlayn-sotuvga tayyorlandi.

Adolatning kichik, lekin hayotiy g‘alabasi. Sud hukmi va Majburiy ijro byurosining Rishton tuman bo‘limi xodimlari fuqaro A.Y.ning ishga tiklanishi va unga to‘lanmay kelgan mehnat haqlari va kompensasiyasi to‘liq qoplanishining chorasini ko‘rishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rishton tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan A. Y. “Bolalarni ijtimoiy — psixologik qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv psixolog-metodist” lavozimiga tiklash bo‘yicha huquqini tiklanishi belgilandi. Bo‘lim buyrug‘i bilan u 06.05.2024 yildan ishga qaytarilgan, ammo fevral 2024 yildan boshlab unga ish haqi to‘lanmagan.

Murojaat natijasida 20.06.2025 yilda sud ijro varaqasi chiqarildi va 25.07.2025 yilda ijro ishi qo‘zg‘atildi. Byuroning Rishton tuman bo‘limi davlat ijrochisi qonun doirasida samarali choralar ko‘rdi: byudjet hisoblariga band solish , rahbariyatga ogohlantirish xatlari yuborish va mulkiy majburiyatlarni aniqlash uchun MIB portali orqali tekshiruv o‘tkazish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Qarzdor muassasada 3 ta “Damas” va 1 ta “Nexia 3” rusumli avtomashina aniqlanib, ular xatlanib jarima maydoniga olib kirildi va onlayn-sotuvga tayyorlandi.

Barcha mazkur choralar samara berdi va 28.11.2025 yilda unga ishlab kelgan muassasa tomonidan 261 mln. 128 ming so‘m ish haqi va kompensasiya mablag‘lari to‘lab berildi. Huquqi tiklangan xodim o‘z mehnat haqini oldi hamda ijro hujjati amalda tamomlandi.

Kiritildi: 17:25 02.12.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!